platina.uz
Jahon

Sobiq boshlovchi Pentagon rahbari lavozimiga tasdiqlandi

Bu tayinlov prezident Donald Trampning yirik gʻalabasi sifatida eʼtirof etilmoqda. 

Sobiq boshlovchi Pentagon rahbari lavozimiga tasdiqlandi

AQSh Senati sobiq teleboshlovchi Pit Xegsetni Pentagon rahbari lavozimiga tasdiqladi.

Xegset qisqa muddatda AQSh mudofaa vaziri boʻlish uchun yetarlicha ovoz toʻpladi, bu demokratlar va hattoki ayrim respublikachilarning bahsli nomzodga keskin qarshiliklaridan soʻng Prezident Donald Trampning yirik gʻalabasi boʻldi, deya xabar beradi Reuters.

Fox News telekanalining sobiq boshlovchisi va armiya faxriysi Pentagonda katta oʻzgarishlar qilishga vaʼda bermoqda, biroq uning rahbariyati qattiq nazorat ostida boʻladi, deydi agentlik.

Ostindagi Texas universitetining tarix professori Jeremi Suri: “Bizda ilgari Xegsetdek mudofaa vaziri boʻlmagan edi", deya izoh berdi.

Pentagon rahbari lavozimi tarixan yirik tashkilotlarni boshqarishda katta tajribaga ega va ikki partiyaning keng qoʻllab-quvvatloviga ega boʻlgan nomzodlarga oʻtgan. Bu safar nomzod tasdiqlanishi uchun qoʻshimcha ovozlar kerak edi. Uch nafar respublikachi,jumladan senator Mitch Makkonnel ham qarshi ovoz berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Xegset Pentagon kabi yirik va murakkab tashkilotni samarali boshqara olishini koʻrsata olmagan".

Pentagonning byudjeti 1 trillion dollarni tashkil etadi. Xegset avval bir qancha zoʻravonliklarda ayblangan.

Xegset bu ayblovlarni qatʼiyan rad etib keladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid