platina.uz
Jamiyat

Malayziyalik ulamolar Oʻzbekistondagi diniy islohotlarni eʼtirof etdi

Uchrashuvda Imom Moturidiy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, Malayziya islomni anglash instituti direktori qatnashdi.

Malayziyalik ulamolar Oʻzbekistondagi diniy islohotlarni eʼtirof etdi

Oʻzbekistonning bir guruh islomshunos olimlari Malayziyaga tashrifi doirasida Malayziya islomni anglash institutida uchrashuv tashkil etildi.

Unda Imom Moturidiy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, Malayziya islomni anglash instituti direktori Muhammad Aʼzam bin Muhammad Odil va institut masʼullari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Malayziya va Oʻzbekistonning diniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Malayziya islomni anglash instituti direktori Muhammad Aʼzam bin Muhammad Odil soʻnggi yillarda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan diniy sohada keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilgani, bu ijobiy oʻzgarishlarni butun dunyo hamjamiyati kabi Malayziyadagi ilmiy doiralar ham xursandchilik bilan qabul qilayotganini alohida taʼkidladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid