platina.uz
Jamiyat

Homilador xodimni ishdan boʻshatish taqiqlanyapti

Ishga qabul qilish chogʻida shaxsning pasporti yoki ID-kartasi, mehnat daftarchasiga oid maʼlumotlarni maxsus platformalar orqali olish belgilanmoqda. 

Homilador xodimni ishdan boʻshatish taqiqlanyapti

Endilikda homilador xodimni ishdan boʻshatish taqiqlanadi.

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

Mazkur Qonun bilan Mehnat kodeksiga "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat majmuida elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan taʼtil davomiyligini belgilash tartibini va xodimning oʻrtacha ish haqini hisoblash tartibini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, "Taʼlim toʻgʻrisida" gi Qonunga muvofiq xodimlar kechki yoki sirtqi taʼlim shaklida oʻqishi mumkin boʻlgan taʼlim tashkilotlarining turlarini aniqlashtiruvchi kiritilmoqda.

Shuningdek homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan boʻshatishga taqiq joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, ishga qabul qilish chogʻida shaxsning pasporti yoki ID-kartasini, mehnat daftarchasiga oid maʼlumotlarni talab qilmasdan, davlat organlari va tashkilotlari mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali soʻrab olishi belgilanmoqda.

Mazkur Qonun fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari, mehnat sohasidagi munosabatlarning elektron tizimga oʻtishi taʼminlanishiga, davlat organlari va tashkilotlarida xodimni ishga qabul qilishda noqonuniy rad etish holatlari kamayishiga, shuningdek, ishga kirayotgan fuqarolardan ortiqcha hujjatlarni talab qilish kabi byurokratik toʻsiqlar bartaraf etilishiga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid