Bankir firibgarligini yoritgan jurnalist ishi ijobiy tomonga hal boʻlyapti
MY5 muxbiri Ruxsora Gʻofurova bank boʻyicha surishtiruv oʻtkazgani uchun IIB idorasiga chaqirtirilgan edi.

"Mening yurtim" telekanali muxbiri Ruxsora Gʻofurova Xalq banki Jizzax viloyati filiali xodimi ishi boʻyicha jurnalistik surishtiruv oʻtkazgani uchun IIB idorasiga chaqirtirilgani koʻplab muhokamalarga sabab boʻldi.
MY5 telekanali tomonidan yollangan advokat Amrullo Ahmedovning Platina.uz saytiga maʼlum qilishicha, ayni paytda Gʻofurovaga nisbatan hech qanday maʼmuriy ish qoʻzgʻatilmagan, shunchaki holat yuzasidan tushuntirish xati olingan xolos.
Shuningdek, jamoatchilik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining saʼy-harakatlari bilan vaziyat ijobiy tomonga hal etilmoqda.