platina.uz
Jamiyat

Uch hududdagi qabullarda 4 mingga yaqin fuqaro ishga joylashtirildi

Tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlganlarga tijorat banklari bilan hamkorlikda 46 mlrd soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi. 

Uch hududdagi qabullarda 4 mingga yaqin fuqaro ishga joylashtirildi

Davlat rahbari topshirigʻiga asosan tashkil etilgan Prezident Administratsiya va Xalq qabulxonasi boshchiligidagi Respublika ishchi guruhlari joylarda oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Ishchi guruhlar aholi muammolarini oʻrganish va hal etish, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, migratsiyadagi fuqarolar bilan ishlash kabi qator masalalar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlarida faoliyat yuritmoqda.

Xususan, 20-23 yanvar kunlari davomida ushbu hududlarda Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Sogʻliqni saqlash vazirliklari, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbarlari va masʼullari ishtirokida 200 ga yaqin sayyor qabullar oʻtkazilib, unda 3 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushdi.

Ularning 1,3 minggi joyida hal etilgan boʻlsa, qolgan qismi qoʻshimcha oʻrganish talab etganligi sababli masʼullar tomonidan nazoratga olindi.

Shu bilan bir qatorda, Respublika ishchi guruhi vakillari aholi orasida ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish maqsadida joylardagi holatni mahallabay oʻrganib, qator amaliy ishlar olib borildi.

Jumladan, ishsizlik va kambagʻallik darajasi yuqori hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ogʻir, chegara va olis hududlarda joylashgan jami 511 ta mahallada mehnat yarmarkalari oʻtkazildi va ularda 4 mingga yaqin ishsiz fuqarolar boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirildi.

Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 834 ta loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklari bilan hamkorlikda 46 mlrd soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada 1.8 mingga yaqin aholi bandligi taʼminlanadigan boʻldi.

Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlarida xorijiy davlatlarda boʻlib turgan 20 mingga yaqin fuqarolar bilan “mahalla yettiliklari”, sektor rahbarlari ishtirokida on-layn muloqotlar oʻtkazilib, kam daromad koʻrayotgan migrantlarga qaytib kelsa, ish bilan taʼminlanishi boʻyicha tushuntirishlar berildi. Suhbatlar natijasi boʻyicha 169 nafari qaytish istagini bildirdi va ular alohida anzoratga olindi.

Aholi turmush sharoitini, ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida 16 ta mahallada jami 7,5 km yoʻl asfaltlashtirildi, 8,7 km yoʻllar shagʻallashtirildi, 200 ta mahallada jami 208,1 km uzunlikdagi elektr tarmogʻi hamda 157 ta transformator taʼmirlandi, 226 tasi texnik koʻrikdan oʻtkazildi.

Elektr energiyasi bilan bogʻliq boʻlgan 289 ta, xonadonlarni tabiiy gaz bilan taʼminlashga doir 601 ta, koʻmir yoqilgʻisi bilan bogʻliq

268 ta muammo bartaraf etildi, 160 ta mahallada gaz bosimi meʼyoriga keltirildi va 560 ta gaz taqsimlash punkti taʼmirlandi, 59 517 ta suyultirilgan gaz ballonlar tarqatildi. 45 ta mahallaga 35 dona transformator va 363 dona temir-beton ustun oʻrnatilib 8,6 km elektr uzatish tarmogʻi tortildi.

Bundan tashqari, hududdagi maktab, bogʻcha va oilaviy poliklinikalarda issiqlik tizimlari koʻzdan kechirilib, issiqlik tizimini barqarorlashtirish boʻyicha davlat-xususiy sherikchilik asosida biriktirilgan tadbirkorga hamda kasb-hunarga oʻrgatiladigan sinfxonalari boʻyicha mutasaddi rahbarlarga takliflar berildi.

Aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida chegara va eng olis hududlardagi 268 ta mahallada fuqarolar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar oʻtkazildi va ularda jami 40 mingga yaqin aholi ishtirok etdi. Natijada, 584 nafariga statsionar sharoitda davolanishga yoʻllanmalar hamda 13 911 nafari bepul dori-darmonlar bilan taʼminlandi. Shuningdek, 579 nafariga statsionar sharoitda davolanishga yotqizildi va 94 nafariga davolanish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan markazlariga yoʻllanmalar berildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid