platina.uz
Jamiyat

Transportda belgilangan yoʻl haqi tariflarini asossiz oshirish javobgarlikka sabab boʻladi

Temir yoʻl transporti va metropolitenda haydovchining mehnat va dam olish rejimini buzish uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.

Transportda belgilangan yoʻl haqi tariflarini asossiz oshirish javobgarlikka sabab boʻladi

Qonunchilik palatasi majlisida transport sohasida davlat nazoratini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga temir yoʻl transporti va metropolitenda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligi qoidalarini buzish, haydovchilarining mehnat va dam olish rejimini nazorat qiluvchi nosoz qurilmadan (taxografdan) foydalanish, haydovchining mehnat va dam olish rejimini buzish uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Shu bilan birga, avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnomasiz yoʻlovchi tashish javobgarlikka sabab boʻladi.

Bundan tashqari belgilangan yoʻl haqi tariflarini oshirish, muntazam yoʻnalish boʻyicha tasdiqlangan qatnov jadvaliga amal qilmaslik, belgilangan harakat hamda yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit oʻlchamlari, shuningdek, umumiy haqiqiy vazni, oʻqqa tushuvchi ogʻirligi belgilangan normalardan oshirgan holda yoʻlga va ruxsatnomada koʻrsatilgan harakat yoʻnalishidan chetga chiqish uchun javobgarlik nazarda tutilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid