Tramp urushni tugatish uchun neft narxini pasaytirmoqchi
Gʻarb sanksiyalari joriy qilinganiga qaramay, Rossiya oʻz energiya resurslarini Hindiston va Xitoyga sotishdan katta daromad olishda davom etmoqda.
AQSh rahbari Donald Tramp Ukrainadagi urushni tugatish uchun neft narxini pasaytirishga harakat qilishini aytdi.
"Men Saudiya Arabistoni va OPEKdan neft narxini tushirishni soʻrayman. Uni tushirish kerak, — dedi Tramp Davosdagi iqtisodiy forumda.
- Agar neft narxi tushsa, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush darhol tugaydi. Narx hozir bu urushni davom ettirish uchun yetarlicha yuqori. Biz neft narxini tushirishimiz kerak, bu urushni tugatishimiz kerak".
Gʻarb sanksiyalari joriy qilinganiga qaramay, Rossiya oʻz energiya resurslarini Hindiston va Xitoyga sotishdan sezilarli daromad olishda davom etmoqda.
Hozirda neft narxi bir barrel uchun 80 dollar atrofida.
Trampning ushbu bayonotidan keyin Brent markali neft narxi 78 dollargacha tushdi.
Tramp avvalroq Putin urushni tugatishga kelishmasa, Rossiyaga qarshi yirik sanksiyalar kiritishini aytgan.