Saida Mirziyoyeva yirik xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi
Muloqot davomida taʼlim masalasiga yangi yondashuvlar – innovatsiyalar, zamonaviy metodikalar muhokama qilingan.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva xalqaro taʼlim kuni arafasida UNICEF, UNESCO, UNDP, IHTT, Jahon banki va boshqa tashqilotlar vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Maʼlum qilinishicha, muloqot davomida taʼlim masalasiga yangi yondashuvlar – innovatsiyalar, zamonaviy metodikalar va jahon tajribasiga asoslangan yechimlar muhokama etilgan.

"Xalqaro taʼlim kuni arafasida men Oʻzbekistonning bu yoʻnalishdagi islohotlari samarasini, muvaffaqiyatlarini faxr bilan eʼtirof etmoqchiman. Biz taʼlim — farovonlik poydevori ekaniga qatʼiy ishonamiz va har bir bola uchun oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish imkoniyatini taʼminlashga intilamiz.
Bugun xalqaro hamkorlarimiz — UNICEF, YuNESKO, UNDP, IHRT, Jahon banki va boshqalar bilan muhim uchrashuv oʻtkazdik" deya yozadi Mirziyoyeva.
Prezident yordamchisi ushbu saʼy-harakatlar natijasida sifatli taʼlim olish imkoniyatidan barcha erkin foydalanishi uchun zarur sharoit yaratilishiga erishishni taʼkidladi.