"Lazgi" va "Avesto" muzeylarini rekonstruksiya qilish uchun 5 mlrd soʻm ajratiladi
Mablagʻ Xorazm viloyati mahalliy byudjetining erkin qoldigʻi hisobidan taqdim etiladi.

Urganchdagi "Lazgi" va "Avesto" muzeylarini rekonstruksiya qilish uchun byudjetdan 5 mlrd soʻm ajratiladi.
Bu haqda Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Rahimov tegishli farmoyishni imzoladi.
"Rekonstruksiya ishlari uchun besh milliard soʻm viloyat mahalliy byudjetining 2025 yil 1 yanvar holatiga erkin qoldigʻi hisobidan viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasiga ajratilsin", deyiladi farmoyishda.
Farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari M.Achilov zimmasiga yuklangan.