Shifokor shakarli gazlangan ichimliklarni zaharga tenglashtirdi
Tashqi koʻrinishga salbiy taʼsir koʻrsatadigan shakar sharbatlar, ketchuplar, tayyor souslar, baʼzi yogurtlar tarkibida mavjud.

Shirin gazlangan ichimliklar - inson imkon qadar tezroq voz kechishi kerak boʻlgan mahsulotlardir. Bu haqda rossiyalik tibbiyot fanlari nomzodi, terapevt Irina Baranova maʼlumot berdi.
Shifokorning soʻzlariga koʻra, shirin gazlangan ichimliklar zararli ekanligi aniq - "ular zahar".
"Bular hech qanday sharoitda ovqatlanish stolida boʻlmasligi kerak", deb taʼkidladi shifokor.
Shifokor shakar va tez uglevodlar shish va insulin darajasining oshishiga olib kelishi mumkinligini eslatdi. Shuningdek, "glyukoza toʻqimalarda suvni bogʻlab, ularning shishishiga olib keladi".
Irina Baranovaning soʻzlariga koʻra, tashqi koʻrinishga salbiy taʼsir koʻrsatadigan shakar sharbatlar, ketchuplar, tayyor souslari, baʼzi yogurtlar, non mahsulotlari tarkibida (sodadan tashqari) yashiringan.
Shifokorning soʻzlariga koʻra, bunday shakar pivo va alkogolli kokteyllarda ayniqsa xavflidir.