Qozogʻistonda Oʻzbekiston fuqarolari kuchli sovuqda qolib ketdi
Ular tushgan Shimkent-Samara avtobusida Rossiya va Tojikiston fuqarolari ham boʻlgan. Qozogʻiston tomoni ularga yordam koʻrsatdi.
Qozogʻistonda Tojikiston, Oʻzbekiston va Rossiyaning 82 nafar fuqarosi kuchli sovuqdan qutqarildi.
Ular orasida uch nafar bola ham bor, deb xabar berdi Astana TV telekanali.
Ular Samara-Shimkent yoʻnalishidagi avtobusda harakatlanayotgan boʻlgan.
Biroq avtobus Qozogʻistonning Oqtoʻba viloyatida yoʻlda buzilib qolgan, hozirda ushbu kuchli sovuq va qor boʻronlari kuzatilmoqda.
Haydovchi qutqaruvchilardan yordam soʻragan.
Qozogʻiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan Rossiya Federatsiyasi, Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari boʻlgan 82 nafar yoʻlovchi, jumladan, 3 nafar bola Qurilis qishlogʻidagi issiqlik punktiga evakuatsiya qilindi.
“Xorijiy fuqarolar qozogʻistonlik qutqaruvchilarga oʻz minnatdorchiligini bildirishdi”, — deya xabar berdi Qozogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Dekabr oxirida ham oʻzbekistonliklar tushgan avtobus sovuqda buzilib qolgandi.