platina.uz
Jamiyat

Qirgʻiziston poytaxti koʻchirilishi mumkin

Deputatlar bundan tashqari mamlakat madhiyasini oʻzgartirish masalasini ham muhokama qilishmoqda. 

Qirgʻiziston poytaxti koʻchirilishi mumkin

Qirgʻizistonda deputatlar poytaxtni boshqa joyga koʻchirish va Vazirlar Mahkamasini shu yerda joylashtirishni taklif qilmoqda, deb yozadi “24.kg”.

Tashabbusni deputat Baxitbek Maripov Jogorku Kenesh yigʻilishida ilgari surgan.

Uning fikricha, Bishkekdagi smog va tirbandlik muammosi juda uzoq vaqtdan beri davom etmoqda va uni hal qilish qiyin.

“Bishkekda ikki boshli mer paydo boʻlsa ham, u poytaxtdagi tutun va tirbandlik muammosini hal eta olmaydi”, dedi parlament aʼzosi.

Maripov poytaxt va Vazirlar Mahkamasining Bishkekdan koʻchirilishi uni koʻplab infratuzilma muammolaridan xalos etishiga ishonadi. Yaʼni, tirbandlik boʻlmaydi. Uning eslatishicha, temir yoʻlni Bishkekdan koʻchirish 550 million dollar, aylanma yoʻl qurish esa 1 milliard dollardan oshadi.

Deputat yangi poytaxt sifatida Issiqkoʻl viloyatida barpo etilayotgan zamonaviy Asman shahrini taklif qildi. Hukumat u yerga 10 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi.

Deputatlar poytaxtni koʻchirishdan tashqari, kuzdan beri mamlakat madhiyasini oʻzgartirish masalasini muhokama qilishmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid