Los-Anjelesda yana yirik yongʻinlar boshlandi
50 mingdan ortiq odam evakuatsiya boʻyicha buyruq va ogohlantirish olgan.
Los-Anjeles shimolida boshlangan yangi oʻrmon yongʻinlari 20 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallab oldi.
50 mingdan ortiq odam evakuatsiya boʻyicha buyruq va ogohlantirish oldi, deya xabar beradi AP.
Yongʻin 22 yanvar kuni ertalab sodir boʻlgan. Bir necha soat ichida yongʻin 39 kvadrat kilometrni yoʻq qildi va alangalanishda davom etmoqda.
Kaliforniya oʻrmon xoʻjaligi va yongʻindan himoya qilish departamenti komissari Jo Taylerning aytishicha, qutqaruvchilar tabiiy ofatni toʻxtatishga harakat qilishmoqda.
Los-Anjeles okrugida 7 yanvar kuni boshlangan oʻrmon yongʻinlari Kaliforniya shtati tarixidagi eng yirik yongʻinlar sanaladi.
Meteorologlarning fikricha, quruq va shamolli ob-havo yongʻinning tez tarqalishiga sabab boʻlgan.
Yongʻinlarning umumiy maydoni 16 ming gektardan oshdi. Kamida 25 kishi halok boʻlgan. Umumiy zarar 300 mlrd dollarga yaqinlashdi.