platina.uz
Jamiyat

Bir yilda 15 dan ortiq bankka qarshi ish qoʻzgʻatildi

Ushbu holatlarda reklama qonunchiligi talablari buzilgan. 

Bir yilda 15 dan ortiq bankka qarshi ish qoʻzgʻatildi

Raqobat qoʻmitasi bir yilda 15 dan oshiq bankka chora koʻrgani maʼlum boʻldi.

Oʻtgan 2024 yil davomida tijorat banklarining reklama qonunchiligiga rioya etish holatlari koʻrib chiqildi.

Oʻrganishlar natijasida 15 dan ortiq tijorat banklari tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilish holatlari yuzasidan maʼlumotlar aniqlandi. (Respublika va Qoʻmitaning hududiy organlari kesimidagi holatlarga nisbatan).

Jumladan:

-“Aloqa Bank” AT (Respublika, Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan);

-“Asia Alliance bank” ATB (Respublika tomonidan);

-“AVO bank” AJ (Respublika tomonidan);

-“Biznesni rivojlantirish banki” ATB (Respublika tomonidan);

-“Davr Bank” ATB (Respublika tomonidan);

-“Hamkorbank” ATB (Respublika tomonidan);

-“Ipoteka bank” ATIB (Respublika tomonidan);

-“Universal bank” ATB (Respublika tomonidan);

-“Hayot bank” AJ (Respublika tomonidan);

-“Invest finans bank” AJ (Respublika tomonidan);

-“Ipak yo'li bank” ATB (Respublika tomonidan);

-“Orient Finance Bank” XATB (Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan);

-“Turon Bank” ATB (Respublika, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy organi tomonidan);

-“Yangi bank” AJ (Respublika tomonidan);

-“Xalq banki” ATB (Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy organi tomonidan).

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qoʻmita tomonidan qoʻzgʻatilgan ishlar belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, tegishli choralar koʻrilishi taʼminlangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid