platina.uz
Jamiyat

Zokir Ishpulatov Suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

Tayinlovga qadar u  Vazirlar Mahkamasining Investitsiya, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Zokir Ishpulatov Suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

Suv xoʻjaligi vaziriga oʻrinbosar tayinlandi.

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq Zokir Eshqurbonovich Ishpulatov Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari – Suv xoʻjaligi obʼektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasining Investitsiya, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 7 oktabrdagi 645-sonli qaroriga asosan vazir oʻrinbosari – Suv xoʻjaligi obʼektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori zimmasiga vazirlik tizimidagi quyi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, tasdiqlangan suv olish limitlari, grafiklari va taqsimoti asosida suv yetkazib berilishini hamda suv resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash, nasos stansiyalari ish rejimini tartibga solish hamda elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish choralarini koʻrish, shuningdek, tumanlar “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari xizmat koʻrsatadigan hududda suv resurslarini boshqarish va hisobga olishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish kabi vazifalarni amalga oshirish yuklatilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid