platina.uz
Jahon

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishi mumkinligini aytdi

Agar Putin Ukraina boʻyicha muzokaralardan bosh tortsa jiddiy choralar koʻramiz, dedi u. 

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishi mumkinligini aytdi

Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishi mumkin.

AQSh prezidenti Donald Tramp agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha muzokaralardan bosh tortsa, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qoʻllash masalasini koʻrib chiqishi mumkinligini aytdi.

"Ehtimol bu sodir boʻladi", dedi Tramp Oq uydagi brifingda jurnalistning bu boradagi savoliga.

Bir kun avval Oval kabinetda jurnalistlar bilan suhbatda Amerika yetakchisi yaqin kelajakda Putin bilan uchrashishni rejalashtirayotganini aytdi.

"Putin kelishuvga erishmoqchi emasligi bilan "Rossiyani yoʻq qilmoqda", dedi u.

Bugun Tramp, shuningdek, Qoʻshma Shtatlar Kiyevga qoʻshimcha qurol yetkazib berish masalasini oʻrganayotganini aytdi, biroq uning tafsilotlariga kirmadi.

“Biz Zelenskiy bilan gaplashyapmiz. Yaqin orada prezident Putin bilan suhbatlashamiz va bularning barchasi qanday sodir boʻlishini koʻramiz”, — deya qoʻshimcha qildi Tramp.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid