platina.uz
Jamiyat

Toshkentda advokat va yurist qoʻlga olindi

Ular sud hukmi bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning jazosini kamaytirib berishga uringan. 

Toshkentda advokat va yurist qoʻlga olindi

Toshkent shahrida advokat va yurist qoʻlga olindi.

Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati 1999 y.t. shaxsga nisbatan 2024 yilda jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudining hukmi bilan tayinlangan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijobiy hal qilib bermoqchi boʻlgan. U hozirda shahar sudining kassatsiya instansiyasida koʻrilayotgan shikoyatni mansabdor tanishlari orqali hal qilishga uringan.

Xususan u tayinlangan jazoni 4 yil muddatga kamaytirib berish evaziga, har bir yil uchun 5 ming AQSh dollaridan, jami 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador boʻlgan, Toshkent shahridagi banklardan birining yuristi ham advokatdan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, bank yuristi prokuratura organlaridagi qarindoshi orqali yordam bermoqchi boʻlganligi aniqlanib, hozirda bu borada tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Holat yuzasidan advokat hamda yuristga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasining 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid