platina.uz
Jamiyat

"Sirdaryo suv taʼminoti"ga qarshi ish qoʻzgʻatildi

Xovos tumanida mingdan oshiq isteʼmolchi va ikki maktabga sifatsiz ichimlik suvi yetkazib berilgan. 

"Sirdaryo suv taʼminoti"ga qarshi ish qoʻzgʻatildi

Sirdaryoda sifatsiz ichimlik suvi uchun undirilgan pullar qayta hisob-kitob qilindi.

Raqobat qoʻmitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sanitariya-epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan hamkorlikda oʻrganish ishlari olib borildi.

Unda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida “SIRDARYO SUV TA'MINOTI” MChJ tomonidan isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvi sifatining isteʼmolga yaroqliligi tekshirilgan.

Olib borilgan oʻrganishlar davomida ichimlik suvidan olingan namunalarni tekshirish natijasida Xovos tumanida jami 6 ta MFYda 1248 ta istemolchilarga hamda ushbu hududda joylashgan 17- va 6- sonli umumiy oʻrta talim maktablariga sifatsiz ichimlik suvi yetkazib berilgani aniqlangan.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasi “Istemolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunining 4,12,19-20-moddalari talablari buzilgan.

Natijada hududiy boshqarma tomonidan SIRDARYO SUV TA'MINOTI” MChJga nisbatan ish qoʻzgʻatilib mablagʻlarni qayta hisob-kitob qilish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi. Shu bilan 2 mingdan ortiq istemolchilarning huquqlari tiklanishi taʼminlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid