platina.uz

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida harbiy sohada strategik sheriklik dasturi imzolandi

Dastur 2026-2030 yillarga moʻljallangan. 

Jamiyat
22-yanvar, 14:06
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida harbiy sohada strategik sheriklik dasturi imzolandi

Rossiya va Oʻzbekiston harbiy sohada 2026-2030 yillarga moʻljallangan strategik sheriklik dasturini imzoladilar.

22 yanvar kuni Toshkentda Rossiya va Oʻzbekiston mudofaa vazirliklari oʻrtasida 2025 yilga moʻljallangan hamkorlik rejasi va ikki davlat oʻrtasida harbiy sohada 2026-2030-yillarga moʻljallangan strategik sheriklik dasturi imzolandi.

Hujjatlarni Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov va Oʻzbekiston tomonidan vazir Shuhrat Xolmuhamedov imzoladi.

Ikki davlat mudofaa vazirliklari oʻrtasidagi 2025 yilga moʻljallangan hamkorlik rejasi ikki davlat harbiy idoralari faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha 50 ta qoʻshma tadbirni oʻz ichiga oladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+