Kredit tarixini olishga cheklov oʻrnatish pullik boʻldi
Avvalroq Platina.uz prezident farmoni bilan bekor boʻlib ketgan xizmatlar ham pullanayotgani haqida xabar bergandi.

"Kredit-axborot tahliliy markazi" kredit byurosi 2025 yil 1 yanvardan kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 0,03 baravarida (QQSni hisobga olmagan holda) toʻlov olinmoqda.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari prezident farmoni bilan bekor boʻlib ketgan byurokratik xizmatlar uchun ham haq undirayotgani haqida avvalroq yozgandik.
Kredit axboroti subʼektlari (jismoniy shaxslar) oʻzlariga tegishli kredit tarixi maʼlumotlarini kredit axborotidan foydalanuvchilar tomonidan (yangi kredit buyurtmalari boʻyicha) "KATM" kredit byurosidan olinishini cheklab (taqiqlab) qoʻyishlari mumkin boʻlgan FREEZE xizmati oʻtgan yili iyunda sinov tariqasida ishga tushirilgandi.