platina.uz
Jamiyat

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Avvalgi hokim Akmaljon Mahmudaliyev prezident yigʻilishida ishdan olingandi. 

Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Erkinjon Oqboʻtayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni eʼlon qilindi.

Eslatib oʻoʻtamiz, Sirdaryoning avvalgi hokimi Akmaljon Mahmudaliyev prezident yigʻilishida ishdan olingandi. U hududiga investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va boshqa yoʻnalishlardagi faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan.

Turdimov esa 2024 yil noyabr oyida salomatligidagi muammolar sabab Samarqand viloyati hokimligidan ketgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid