Turkiyadagi kurortda yongʻin: 10 kishi halok boʻldi
Yongʻin 11 qavatli mehmonxona restoranida boshlangan va tezda butun binoni qamrab olgan.
Turkiyadagi togʻ-changʻi kurortidagi yongʻinda 10 kishi halok boʻldi.
Turkiya ommaviy axborot vositalari mahalliy hukumatga asoslanib xabar berishicha, 10 kishi halok boʻlgan va 32 kishi jarohat olgan.
Bolu viloyatidagi Kartalkaya togʻ-changʻi kurortidagi yongʻin 21 yanvarga oʻtar kechasi 11 qavatli mehmonxonadagi restoranda boshlangan va tezda butun binoni qamrab olgan.
Mehmonxonada 234 nafar mehmon roʻyxatdan oʻtgan. Viloyat gubernatorligi ularning barchasi Turkiya fuqarolari ekanligini bildirdi. Yongʻin sabablari hozircha maʼlum emas.
Yongʻin Istanbul va Anqaradan changʻichilar odatda Bolu togʻlariga yoʻl olgan ikki haftalik maktab taʼtilining boshida sodir boʻldi, deb xabar bermoqda Reuters.
Oʻt oʻchiruvchilar 40 daqiqa ichida yetib kelishdi, deydi rasmiylar. Yongʻin joyiga Ichki ishlar vaziri, Sogʻliqni saqlash va Madaniyat va turizm vaziri ham yetib kelgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan halok boʻlganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi.