platina.uz
Jahon

Tramp qasamyod qildi va muhim bayonotlar bilan chiqdi

AQSh-Meksika chegarasida favqulodda holat eʼlon qilinadi. Shuningdek, yangi prezident 2021 yil yanvarida Kapitoliyga bostirib kirganlarni afv etdi. 

Tramp qasamyod qildi va muhim bayonotlar bilan chiqdi

20 yanvar kuni AQShda yangi prezident Donald Tramp qasamyod qabul qildi.

U inauguratsiya davomida qator muhim bayonotlar bilan chiqdi.

Jumladan, migrantlarning noqonuniy kirishi zudlik bilan toʻxtatiladi, “jinoyat unsurlari”ni deportatsiya qilish boshlanadi, AQSh-Meksika chegarasida favqulodda holat eʼlon qilinadi;

-AQShda faqat ikkita jins rasman tan olinadi: erkak va ayol;

-Energetika sohasida favqulodda holat eʼlon qilinadi va AQSh narxlarni pasaytirish uchun neft va gazni keng koʻlamli ishlab chiqarishni boshlaydi.

-Meksika koʻrfazi nomi Amerika koʻrfazi deb oʻzgartiriladi;

-Amerika Panama kanalini “qaytib oladi”;

-Amerikalik astronavtlar Marsga AQSh bayrogʻini oʻrnatadilar.

Oʻz tarafdorlari oldida Tramp 10 ga yaqin farmonni imzoladi, jumladan, ular AQShni iqlim boʻyicha Parij kelishuvidan chiqarish va oʻzidan oldingi prezident Jo Baydenning 78 ta buyrugʻini bekor qilish oiddir.

Shuningdek, Donald Tramp 2021 yil yanvarida Kapitoliyga bostirib kirgan 1500 dan ortiq odamni afv etdi.

Farmon Tramp AQShning 47-prezidenti sifatida tashrif buyurgan Oq uyning Oval kabinetida imzolandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid