platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Bolu muzofotidagi togʻ-changʻi kurortida yuz bergan kuchli yongʻinda 66 kishi qurbon boʻldi. 

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdoʻgʻonga hamdardlik bildirdi.

Turkiyaning Bolu muzofotidagi togʻ-changʻi kurortida yuz bergan kuchli yongʻin oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonga hamdardlik yoʻlladi.

"Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur taʼziya izhor etib, davlatimiz rahbari marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jabrlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi", deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, togʻ kurortida sodir boʻlgan yongʻinda jami 66 kishi halok boʻldi. Ular orasida Oʻzbekiston fuqarolari mavjud emas.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid