platina.uz
Siyosat

Mirziyoyev Donald Trampga tabrik yoʻlladi

Oʻzbekiston prezidenti AQSh rahbarini tashrif bilan mamlakatga kelishga taklif etdi. 

Mirziyoyev Donald Trampga tabrik yoʻlladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Trampni ushbu lavozimga rasmiy kirishgani munosabati bilan tabrikladi.

Davlat rahbari oʻz maktubida Donald Trampning yangi muddatdagi faoliyati davomida AQShning xalqaro maydondagi nufuzi va obroʻ-eʼtibori, iqtisodiy qudrati va salohiyati, global miqyosdagi oʻrni va ahamiyati yanada ortishiga ishonch bildirdi.

Oʻzbekiston AQShning mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan siyosatini yuqori baholaydi va alohida qadrlaydi.

"Sizning birinchi Prezidentlik davringizda Oʻzbekiston-AQSh oʻrtasida yangi davrdagi strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatilganini va koʻp qirrali aloqalarimiz yuqori bosqichga koʻtarilganini istar edim. Biz bundan keyin ham ikki va koʻp tomonlama platformalar doirasida uzoq muddatli hamkorligimizni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz", – deyiladi Prezident maktubida.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan Oʻzbekistonga kelishga taklif etdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid