Huquq himoyachilari Trampni sudga berdi
Bu AQShda tugʻilgan muhojir bolalarga fuqarolik berish bilan bogʻliq.
Muhojirlar huquqlarini himoya qilish guruhlari AQSh prezidenti Donald Trampni sudga berdi.
Tramp AQShda tugʻilgan, ota-onalari mamlakatga noqonuniy yoki viza bilan kirgan bolalarni tugʻma fuqarolik huquqidan mahrum qilish haqidagi farmonni imzolagani bunga sabab boʻlgan. Bu haqda Wall Street Journal xabar bermoqda.
“Qoʻshma Shtatlarda tugʻilgan bolalarga fuqarolik berishdan bosh tortish nafaqat konstitutsiyaga zid, balki Amerika qadriyatlarini oʻylamasdan va qoʻpol ravishda rad etishdir. Tugʻilish huquqiga ega boʻlgan fuqarolik Qoʻshma Shtatlarni kuchli va jonli mamlakat qiladigan narsaning bir qismidir", dedi Amerika fuqaro erkinligi ittfoqi ijrochi direktori Entoni D. Romero.
Uning soʻzlariga koʻra, Tramp maʼmuriyati “qoʻpol ravishda haddan oshib ketish”ga yoʻl qoʻygan, bu esa inson huquqlari faollarida sudda gʻalabaga ishonch uygʻotmoqda.
Prezident lavozimiga kirishgach, Tramp tugʻma fuqarolikni cheklovchi farmonni imzoladi.
Federal agentliklarga odatda AQSh fuqarolariga taqdim etiladigan ayrim hujjatlarni berish taqiqlanadi. Bu ushbu chora kiritilgandan keyin 30 kun oʻtgach tugʻilgan bolalarga nisbatan qoʻllaniladi.