Abdusalom Azizov OʻFA prezidentligidan ketdi
Yangi rahbar saylangunga qadar tashkilotni Ravshan Ermatov boshqarib turadi.

Abdusalom Azizov Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimini tark etdi.
22 fevral kuni OʻFAning navbatdan tashqari saylov kongressi boʻlib oʻtadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga qadar OʻFA prezidenti vazifalari vitse-prezident zimmasiga yuklatiladi. Hozirda bu lavozimda Ravshan Ermatov faoliyat yuritadi.