platina.uz

Toshkent viloyatida bosh hisobchi 1,9 mlrd soʻmni oʻzlashtirgani aniqlandi

U MChJlarning elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanib, mablagʻlarni plastik kartasiga oʻtkazib olgan. 

Jamiyat
20-yanvar, 15:11
Toshkent viloyatida bosh hisobchi 1,9 mlrd soʻmni oʻzlashtirgani aniqlandi

Toshkent viloyatida 1,9 mlrd soʻmni oʻzlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda fuqaro S.O. “L.A.” va “Z.P.” MChJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlab kelib, ushbu korxonalarning elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalangan.

Oqibatda jami 1,9 mlrd soʻm mablagʻlarini oʻzining plastik kartasiga oʻtkazib olib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+