Surxondaryoda hokim oʻrinbosarlari va hokimlarga 661 mln soʻm ajratildi
Ular faoliyatlarida erishayotgan muvaffaqiyatlari, oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni vijdonan, sifatli va oʻz vaqtida bajarayotganliklari uchun ragʻbatlantirilgan.
Jamiyat
20-yanvar, 19:45
Foto: Platina.uz
Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov imzolagan farmoyish bilan hokim oʻrinbosarlari va tuman-shahar hokimlariga jami 661 mln soʻmdan ortiq mukofot puli yozilgan.
Yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan ajratilgan mablagʻlar 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan oʻz faoliyatlarida erishayotgan muvaffaqiyatlari, oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni vijdonan, sifatli va oʻz vaqtida bajarayotganliklari uchun berilgan.
- Xususan, viloyat hokimining 7 nafar oʻrinbosarini ragʻbatlantirish uchun 201,2 mln soʻm;
- viloyat hokimining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻini ragʻbatlantirish uchun 28,7 mln soʻm;
- Termiz shahar va tumanlar hokimlarini ragʻbatlantirish uchun esa 431,2 mln soʻm.