Raqobat qoʻmitasi Ucell'ga jarima belgiladi
Kompaniya tomonidan joylashtirilgan reklamalarda boʻrttiruvchi maʼno ifodalanganlik holatlari aniqlangan.
Ucell'ga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi.
Raqobat qoʻmitasi tomonidan doimiy ravishda reklama qonunchiliga rioya qilish yuzasidan monitoring ishlari olib borilgan.
Olib borilgan monitoringlarda “COSCOM” MChJ tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamalarda boʻrttiruvchi maʼno ifodalanganlik holatlari aniqlandi.
Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “COSCOM” MChJga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qoʻzgʻatilgan va natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qoʻllash xaqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.
Maʼlumot oʻrnida. Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon Qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.