Qirgʻiziston Oʻzbekistonga yangi elchi tayinlandi
TIV rahbari Baxtiyor Saidov Duyshonkul Chotonovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
Jamiyat
20-yanvar, 15:50
Foto: TIV.
2025 yilning 20 yanvar kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirgʻiz Respublikasining Oʻzbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Duyshonkul Chotonovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Duyshonqul Chotonov bungacha Qirgʻizistonning Koreya Respublikasi va Vetnamdagi elchisi lavozimlarida ishlagan.
U dekabr oxirida prezident Sadir Japarovning farmoni bilan Oʻzbekistonga elchi etib tayinlangandi.
Chotonov 2022 yil aprelidan Oʻzbekistondagi diplomatik missiyani boshqarib kelayotgan Musa Jamanboyev oʻrnini egalladi.