platina.uz

Oʻzbekiston shimolida 8-13 darajagacha sovuq boʻlishi kutilyapti

22 yanvar kuni mamlakat hududiga Volga boʻyidan nam va sovuq havo massalari kirib keladi, ayrim hududlarda qor yogʻadi. 

Jamiyat
20-yanvar, 13:01
Oʻzbekiston shimolida 8-13 darajagacha sovuq boʻlishi kutilyapti

Oʻzbekistonda ushbu haftada havo shimolda 13 darajagacha tushib ketishi kutilmoqda.

Bugun Oʻzbekiston boʻylab yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati 7-12 darajagacha, janubiy hududlarda baʼzi joylarda 15 darajagacha iliq boʻladi. Shamol tezligi ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ertaga respublikaning katta qismida yomgʻir yogʻadi, shimolda qorga aylanadi. Ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarda kuchli yogʻingarchilik boʻlishi mumkin.

Faqat Fargʻona vodiysi hududlarida yogʻingarchilik ehtimoli past. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Chorshanba kuni mamlakat hududiga Volga boʻyidan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi, Oʻzbekiston boʻylab yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻlishi kutilmoqda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliqdan oshmaydi.

Payshanba kuni kunning birinchi yarmida respublikaning faqat markaziy va sharqiy hududlarida qor yogʻishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi, 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha, shimoliy hududlarda kechasi 8-13 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.

Juma kuni Oʻzbekistonda yogʻingarchilik kutilmaydi, havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuqdan oshmaydi, kunduzi 2-7 daraja iliqqacha, shimolda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq boʻladi.

Hafta davomida respublika boʻylab tuman tushishi mumkin.

Shamol sharqdan gʻarbga oʻzgarib turgan holda 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-23 yanvar kunlari ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. 21-22 yanvar kunlari 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxt Toshkentda bugun yogʻingarchilik kutilmaydi, havo harorati 10-12 darajagacha iliq boʻladi.

Ertaga vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi.

Chorshanba kuni yomgʻir yogʻishi, qorga aylanishi kutilmoqda, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi havo harorati 1-3 daraja iliq boʻladi.

Payshanba kuni kechasi va ertalab qor yogʻishi mumkin. Havo harorati kechasi 4-6 daraja sovuq, kunduzi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+