Namanganda 17 ta maktab va bogʻcha buziladi
Mazkur binolarning katta qismi oʻtgan asrning 60-70 yillarida qurilgan.
Namangan viloyatida 17 maktab va bogʻcha buzilishi belgilandi.
Bu haqda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqovning qarorida maʼlum qilingan.
Qarorga koʻra, oʻrnatilgan tartibda ishchi guruh tuziladi va uning xulosasi koʻra yaroqsiz deb topilgan inshootlar buziladi.
Qaror ilovasida buzilishi kerak boʻlgan inshootlar roʻyxati keltirilgan.
Jumladan, Namangan shahridagi 7-umumtaʼlim maktabi oshxona va yordamchi binosi (1961 yil qurilgan), 31-maktabning yordamchi binolari (1964 yil qurilgan), Mingbuloq tumanidagi 2-DMMT (1953 yil qurilgan), Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 26-sonli maktab binosi (1960 yil qurilgan), Chust tumanidagi 55-sonli bogʻcha binosi (1983 yil qurilgan) va boshqalar buziladi.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokim oʻrinbosari Gʻ. Jamalov zimmasiga yuklangan.