Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi
Marat Joʻrayev tayinlovga qadar Prezident Administratsiyasida ishlagan.
Jamiyat
20-yanvar, 18:15
Joʻrayev Marat Yuldashevich Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Marat Joʻrayev tayinlovga qadar Prezident Administratsiyasi bank sohasi, moliya bozori va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish shoʻʼbasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, Zafar Azimov 2024 yil dekabrida mazkur lavozimga tayinlanib, bir oy boʻlmasdan Jizzax viloyatiga ishga oʻtkazilgandi.