platina.uz

Abduqodir Husanov rasman "Manchester Siti" oʻyinchisi sifatida tanishtirildi

U Angliya chempionatida toʻp suradigan birinchi oʻzbekistonlikka aylanadi. 

Sport
20-yanvar, 23:34
Abduqodir Husanov rasman "Manchester Siti" oʻyinchisi sifatida tanishtirildi

Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov rasman Angliyaning "Manchester Siti" klubi oʻyinchisiga aylandi.

Kelishuv 2029 yilgacha amal qiladi.

Avvalroq Manchester klubi 20 yoshli futbolchi uchun "Lans" ga 40 mln yevro toʻlashi xabar qilingandi. Bu qiymat bonuslar hisobiga yana ortishi mumkin.

Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasida oʻynaydigan birinchi oʻzbek futbolchisiga aylandi.

Shuningdek, Abduqodir oʻzbek oʻyinchilari orasida eng qimmat transfer boʻldi. Shu paytgacha Eldor Shomurodov eng qimmat oʻzbek futbolchisi boʻlib kelayotgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+