platina.uz

Gʻazodagi sulh: yolgʻonmi yoki haqiqat?

Oʻtayotgan haftada jahonda yuz bergan shu va boshqa muhim voqealar tafsiloti bilan Platina.uz tahlilida tanishing.

Video
19-yanvar, 16:07

Ortda qolayotgan haftada dunyoning deyarli barcha nuqtalarida siyosiy keskinliklar saqlanib qolgan boʻlsa-da, muhim tarixiy voqealar ham yuz berdi.

Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish borasida kelishuvga erishildi. Jafokash falastin xalqi xavotirsiz yashashiga umid tugʻildi. Biroq bu umid qanchalik asosli, oʻrnatilajak tinchlik qanchalik mustahkam?..

Janubiy Koreyada 2500 dollarlik sumkacha ortidan koʻtarilgan boʻhron oʻzining mantiqiy yakuniga yetmoqda. Hibsga olingan prezidentni nima kutyapti? Agar u oqlanib, lavozimiga qaytsa, oʻch olishni boshlaydimi?..

Ukrainada ham uzoq kutilgan tinchlik uchun ilk qadamlar qoʻyilmoqda. Butun dunyo Donald Trampga muntazir boʻlib turibdi. Lekin Trampning asl maqsadi hamon nomaʼlum...

Batafsil tahlil bilan yuqoridagi videolavhada tanishing.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+