platina.uz
Jamiyat

Samarqandda kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgan ikki hokim yordamchisiga hukm oʻqildi

Ular sudda oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlgan. 

Samarqandda kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgan ikki hokim yordamchisiga hukm oʻqildi

Samarqandda birovning nomiga olingan kredit mablagʻlarini oʻzlashtirib yuborgan hokim yordamchilariga hukm oʻqildi. Mazkur ish jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand tuman sudining ochiq sud majlisida koʻrilgan. Sud hujjati Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, sudlanuvchi R.A.Samarqand tumani "Pulimugʻob” MFYda hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelgan. U "Agrobank” ATB Samarqand filiali tomonidan imtiyozli kredit asosida ajratilgan mablagʻlar hisobidan xarid qilinishi lozim boʻlgan ixcham issiqxona qurish uchun yetkazib berilgan qurilish materiallarini soxta hujjatlar asosida oʻzlashtirgan. Jumladan, soxta hujjatlar orqali fuqaro B.K nomiga 33.000.000 soʻmlik issiqxona qurish uchun qurilish materiallarini yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomani imzolab, pullarni ishlatib yuborgan.

Sudlanuvchi K.D Samarqand tumani "Qorasuv” MFYda hokim yordamchisi sifatida ishlagan. U tanishi U. M bilan til biriktirib, fuqaro G. M.ning nomiga olingan kredit mablagʻlari hisobidan xarid qilingan oʻzganing 32.000.000 soʻmlik mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilishgan.

Sud jarayonida barcha ayblanuvchilar oʻz ayblariga toʻliq iqror boʻldi.

Yakuniy hukmga koʻra, R. A JKning 167-moddasi 2-qismi “g” bandi hamda 228-moddasi 1- qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi va JKning 70-moddasiga binoan jazodan ozod etildi.Unga nisbatan qoʻllanilgan “munosib xulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisidagi tilxat” ehtiyot chorasi bekor qilingan. Qolgan ikki nafar sudlanuvchiga ham xuddi shunday hukm qoʻllanildi. Ish boʻyicha yetkazilgan zarar toʻliq qoplangan.

Sud ishi Oliy sud portalidan olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid