platina.uz
Jamiyat

Hakimjon Dolimov Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi

Tayinlovga qadar u Fargʻona viloyati hokimligi kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati direktori lavozimida ishlagan. 

Hakimjon Dolimov Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi

Fargʻona viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi.

Hokimlik kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati direktori vazifasida ishlab kelgan Dolimov Hakimjon Abdumoʻminovich Fargʻona viloyati hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Hakimjon Dolimov jamoatchilikka tanishtirildi.

Hakimjon Dolimov 1983 yilda Buvayda tumanida tugʻilgan. 2006 yilda Fargʻona politexnika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Fargʻona viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasida mutaxassislikdan boshlagan. Mazkur boshqarmada bosh mutaxassis, birinchi oʻrinbosar, Fargʻona viloyati hokimining sanoat, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyati mudiri sifatida ishlagan.

Shuningdek, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Milliy va hududiy investitsiyalarning yoʻnalish va loyihalarini shakllantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi, Fargʻona viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori vazifalarida faoliyat yuritgan.

2021 yildan tayinlovga qadar Fargʻona viloyati hokimligi kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid