Eron Oliy sudi yaqinida otishma yuz berdi
Oqibatda sudning ikki sudyasi halok boʻlgan.
Jahon
18-yanvar, 15:03
Eron poytaxti Tehrondagi Oliy sud binosi yonida otishma yuz berdi.
Eronning IRNA axborot agentligi xabariga koʻra, Eron Oliy sudining ikki sudyasi halok boʻlgan, bir nafari yaralangan.
Hujumchi voqea joyida oʻz joniga qasd qildi.
Rasmiylar voqeani terakt sifatida baholamoqda.
Oʻldirilgan sudyalar terrorizm va josuslik ishlarini koʻrayotgan edi, deya xabar beradi IRNA.