Xitoy aholisi bir yilda salkam 1,4 million kishiga qisqardi
2024 yilda mamlakat aholisi 1 milliard 408 milliondan oshiq kishini tashkil qilgan.
Xitoy aholisi bir yil ichida qariyb 1,4 million kishiga qisqardi. Bu haqda 17 yanvar "Interfaks" xabar berdi.
Xitoy Milliy statistika byurosi maʼlumotlariga koʻra, 2024 yilda Xitoy aholisi 1 milliard 408 million 280 ming kishini tashkil qilgan.
Bu 2023 yilga nisbatan 1,39 millionga kam.
Biroq, taqdim etilgan maʼlumotlar Tayvan, Gonkong va Makao aholisi, shuningdek, mamlakatda yashovchi chet elliklarni oʻz ichiga olmaydi.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi yillarda Xitoyda aholining kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Jumladan, 2023 yilda davlat aholisi 2 mln kishiga kamaygandi. Hukumat vaziyatni oʻnglash uchun turli tadbirlar qoʻllashga majbur boʻlmoqda.