Surxondaryo viloyatida Startup Garage filiali ochildi
AloqaBank, AloqaVentures va Startup Garage tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur loyihaning filiallari Oʻzbekistonning barcha hududlarida yosh tadbirkorlar va startaplarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.
Biznes
17-yanvar, 12:31

18 yanvar kuni Surxondaryo viloyatida Startup Garage’ning Termiz filiali tantanali ravishda ochildi.
Ochilish dasturidan quyidagilar oʻrin oldi:
- Startup Garage tomonidan startaplarga yaratiladigan imkoniyatlar va koʻrsatiladigan xizmatlar taqdimoti;
- AloqaVentures vakillari tomonidan investitsiya jalb qilish imkoniyatlari va hamkorlik shartlari boʻyicha maʼlumotlar;
- Muvaffaqiyatga erishgan startap asoschilarining tajriba almashinuvi;
- Startup Garage rezidenti boʻlishni istagan startaplar uchun pitch sessiyasi;
- Soha mutaxassislari, startaplar, tadbirkorlar va mehmonlar bilan networking.
Startup Garage’ning asosiy mohiyati va maqsadi:
- mahallalardagi yoshlarning startap gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, gʻoyalarni biznesga aylantirish, malakasini oshirish va “kichkina ishlab turgan dastur” (MVP) darajasiga yetkazish;
- mentorlik xizmatlarini koʻrsatish;
- ofis va texnik infratuzilma bilan taʼminlash;
- loyihalarni bank ekotizimiga integratsiyasini taʼminlash;
- loyihalarni huquqiy tomondan qoʻllab-quvvatlash;
- investitsiya jalb qilishga koʻmaklashish;
- loyihalarni ichki va tashqi bozorlarda kengaytirishga yordam berish;
- marketing tahlili va loyihalarning texnik ekspertizadan oʻtkazishga yordam berish.
Bugungi kunga qadar Startup Garage doirasida 50 dan ortiq startap muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Endilikda uning filiallari tez orada respublikaning barcha hududlarida oʻz faoliyatini boshlashi kutilmoqda.