platina.uz
Jamiyat

Saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni asraganlik uchun salkam 19 mln soʻmgacha jarima belgilandi

Huquqbuzarlik odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, jazo ogʻirlashadi. 

Saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni asraganlik uchun  salkam 19 mln soʻmgacha jarima belgilandi

Saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-1019-son, 16.01.2025 y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra, yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlash, ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming soʻmdan 3 mln 750 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (11 mln 250 ming soʻmdan 18 mln 750 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi nazarda tutilmoqda.

Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

Bundan tashqari, shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini koʻrmaslik, fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 125 ming soʻmdan 1 mln 875 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 875 ming soʻmdan 3 mln 750 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.

Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 750 ming soʻmdan 5 mln 625 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 30 baravarigacha (5 mln 625 ming soʻmdan 11 mln 250 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi koʻzda tutilmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid