platina.uz
Jamiyat

Istanbulda spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etgan oʻzbekistonliklar soni 14 nafarga yetdi

Mamlakat boʻylab qalbaki alkogol ichimliklardan jami 37 kishi vafot etgan. 

Istanbulda spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etgan oʻzbekistonliklar soni 14 nafarga yetdi

Turkiyada spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etgan oʻzbekistonliklar soni 14 nafarga yetdi. Bu haqda Istanbuldagi bosh konsulxona xabar berdi.

2025 yilning 16 yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik isteʼmoli oqibatida yana 4 nafar Oʻzbekiston fuqarosi (barchasi erkak) vafot etdi.

Avvalroq, 14 yanvar kuni 6 nafar, 15 yanvar kuni esa 4 nafar kishining zaharlanish oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan. 17 yanvar holatiga koʻra, zaharlanish oqibatida vafot etgan fuqarolarning umumiy soni 14 nafarni tashkil qilmoqda.

Olingan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 17 yanvar holatida qalbaki spirtli ichimlik isteʼmoli tashxisi bilan Turkiya boʻylab kasallanganlar soni 88 nafarni tashkil etib, shundan 37 nafari vafot etgan. Ushbu qurbonlar orasida mahalliy aholi vakillari va boshqa millat vakillari ham mavjud.

Istanbul hokimligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotga koʻra, mahalliy huquq-tartibot idoralari 2025 yil 16 yanvar kuni Istanbul shahrida 32 862 litr noqonuniy metil va etil spirtli ichimliklarni musodara qilgan.

Hozirda 9 nafar gumonlanuvchi qoʻlga olingan. Tekshiruvlar chogʻida 227 shisha soxta ichimlik va distillash uskunasi ham topilgan. Qoʻlga olinganlardan 3 nafari politsiyadagi soʻroqlardan soʻng qoʻyib yuborilgan boʻlsa, 6 nafarining tergovi davom etmoqda.

Qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanish oqibatida davolanayotgan Oʻzbekiston fuqarolarning 3 nafarining ahvoli ogʻir.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid