platina.uz
Iqtisod

Iqtisodiyot oʻsishini 6 foiz darajasiga olib chiqish rejalashtirilyapti

Buning uchun hududlarda xizmatlarni rivojlantirishda tunu kun faoliyat yurituvchi (24/7) 150 ta koʻcha, 52 ta madaniyat va istirohat bogʻi, 435 ta bozor xususiy sektorga beriladi.

Iqtisodiyot oʻsishini 6 foiz darajasiga olib chiqish rejalashtirilyapti

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari iqtisodiy oʻsishni 6% darajasida taʼminlash choralarini oʻrgandi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining 2024 yil sentabr oyidagi hisobotiga koʻra, 2025 yilda Oʻzbekiston iqtisodiyotining oʻsishi 5,7%ni, milliy prognozlarga koʻra 6%ni tashkil etishi kutilmoqda.

2025 yil va kelgusi oʻrta muddatli davrda ushbu prognozlarga erishishda asosiy yoʻnalishlar belgilangan.

Sanoatdagi oʻsish 6,1%ni tashkil etishi prognoz qilingan va bunga erishish uchun quyidagi yoʻnalishlarda ish olib borish belgilangan:

  • 3 mingga yaqin yirik va hududiy loyihalarni amalga oshirish;
  • yangi metallurgiya obʼektlarini foydalanishga topshirish evaziga "Olmaliq KMK" AJ ishlab chiqarish hajmini mis katodi boʻyicha 300 ming tonnaga yetkazish;
  • DXSh asosida 2,7 GVt quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirish.

Qishloq va suv xoʻjaligida islohotlarni kuchaytirish orqali tarmoqda 4,1% oʻsishga erishish. Bunda:

  • tarmoqda infratuzilmani yaxshilash;
  • aholi punktiga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan hududlardan ajratish rejalashtirilgan 50 ming ga yer maydonida qoʻshimcha 7,2 mln tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish;
  • Xalqaro moliya institutlari(XMI)ning 220 mln dollar miqdoridagi mablagʻlarini oʻzlashtirish, 1000 ta chorvachilik va 400 ta oziq-ovqat loyihasini amalga oshirish;
  • 11 425 km irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish.

Bozor xizmatlari hajmi 14,5% oʻsishiga turtki beruvchi sohalarni rivojlantirish:

  • xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha uch yillik chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • hududlarda xizmatlarni rivojlantirishda tunu kun faoliyat yurituvchi (24/7) 150 ta koʻcha, 52 ta madaniyat va istirohat bogʻi, 435 ta bozorni xususiy sektorga berish;
  • oʻrta va yirik shaharlarda, aholisi 300 mingdan yuqori boʻlgan tumanlarda 9,5 mingta savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlarini tashkil etish;
  • turizmning yangi turlariga ruxsat berish;
  • 31 ta tuman va 143 ta mahallada turizm xizmatlarini rivojlantirish.

Davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish:

  • “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “O‘zbektelekom” AJda davlat ulushining 5%gacha boʻlgan qismini birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) bozorda sotuvga qoʻyish;
  • “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 51%, “O‘zbekinvest” EISK” AJning 79,4%, “O‘zagrosug‘urta” AJning 94,5%, “Inter Notel” MChJning 100%, “Toshkent metallurgiya zavodi” MChJning 49,9% aksiyalar paketini ommaviy savdoga chiqarish.

Biznes va investitsiya muhitini yaxshilash, eksportni oshirish:

  • yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda yangicha yondashuvlarni joriy etish;
  • 30 ta tuman (shahar)ni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • "Zarbdor tajribasi" asosida tuman (shahar)da zaxira imkoniyatlarni ishga solgan holda kamida 5 tadan sanoat, xizmat va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida "drayver" loyihalarni amalga oshirish;
  • "Gʻijduvon tajribasi" asosida mahallalarda yuqori oʻsuvchi sanoat binolarini tashkil etib, kichik loyihalarni joylashtirish;
  • innovatsion ahamiyatdagi 30 ta yoʻnalishda “startap” loyihalarni eʼlon qilish, yangi 100 ta innovatsion biznes loyihani amalga oshirish;
  • Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishini jadallashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish.

"Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 2025 yilda:

  • yuqori iqtisodiy oʻsishga turtki beruvchi ijtimoiy va infratuzilma loyihalari uchun davlat byudjetidan 1 trln soʻm ajratish;
  • oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda "Biznesga birinchi qadam" dasturi hamda mikromoliya tashkilotlari orqali 15 trln soʻm kredit ajratish;
  • eng ogʻir ahvoldagi 1000 ta mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun 900 mlrd soʻm mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan.

Shu tariqa 2025 yilda aholi jon boshiga toʻgʻri keluvchi YaIM hajmini 3250 dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid