platina.uz

Ilon Maskning Starship raketasi sinov paytida portlab ketdi

Halokatga "kislorod yoki yoqilgʻi sizib chiqishi" sabab boʻlganligi taxmin qilinmoqda. 

Jahon
17-yanvar, 13:20
Ilon Maskning Starship raketasi sinov paytida portlab ketdi

Space X kompaniyasining yettinchi Starship kemasi sinov paytida portlab ketdi.

Starship raketasi Texasdan uchirilganidan bir necha daqiqa oʻtib fazoda parchalanib ketdi, deyiladi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bayonotida.

Kompaniyaning X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilingan xabarga koʻra, Hind okeani uzra nazorat ostida harakat qilishi kerak boʻlgan Starship balandlikka koʻtarilayotganda havoda portlab ketgan.

Mask tushuntirganidek, halokatga "kislorod yoki yoqilgʻi sizib chiqishi" sabab boʻlishi mumkin.

Space X ikkinchi marta kuchaytirilgan uchirish minorasi yordamida oʻta ogʻir raketani Yerga muvaffaqiyatli qaytardi.

"Muvaffaqiyat noaniq, ammo zavqlanish kafolatlangan!" — deb yozdi Mask X sahifasida osmonda olovli iz aks etgan videoni ulashgan holda.

Missiya Jeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi raketasi boʻlgan New Glenn'ning birinchi parvozidan bir necha soat oʻtib amalga oshirildi. U birinchi marta orbitaga raketa uchirdi, biroq qurilmani okean platformasiga qoʻndira olmadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+