Farrux Rustamov "Oʻzkomnazorat" rahbari etib tayinlandi
U 2022 yil aprelidan buyon inspeksiyaga rahbarlik qilib kelgan Aʼzam Abdullayev oʻrnini egalladi.

Rustamov Farrux Shoruxovich Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi ("Oʻzkomnazorat") boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda Prezident qarori qabul qilingan.
U 2022 yil aprelidan buyon inspeksiyaga rahbarlik qilib kelgan Aʼzam Abdullayev oʻrnini egalladi.
Farrux Rustamov 2024 yil yanvaridan buyon "Oʻzbektelekom" AK Uzmobile mobil operatori filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Bundan tashqari, u Toshkent shahar telefon tarmogʻi Markaziy telefon aloqa markazi boshligʻi, “Oʻzbektelekom” AK “Toshkent shahar telefon tarmogʻi” filiali direktori va boshqalar lavozimlarida ham ishlagan.