platina.uz

AQShlik taniqli rejissyor vafot etdi

Devid Linch 2006 yilda "Oltin sher", 2009 yilda esa "Oskar"ni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. 

Madaniyat
17-yanvar, 9:33
AQShlik taniqli rejissyor vafot etdi

16 yanvar kuni mashhur amerikalik rejissyor va ssenariylar muallifi Devid Linch 79 yoshga toʻlish arafasida vafot etdi.

Rejissyorning oilasi Facebook'da uning vafoti haqida eʼlon qilgan.

Oʻtgan yozda Linch amfizemdan aziyat chekayotganini va kamdan-kam hollarda uydan chiqayotganini bildirgandi.

Uning boshqa filmlar suratga olishi dargumon boʻlib qolgandi. Linchning oʻzi xastalikni chekish bilan bogʻlagan.

Linch Los-Anjelesning Hollywood Holms hududida yashagan. Los-Anjelesdagi halokatli yongʻinlar vaqtida tashxis va nafas olishda qiyinchiliklarni hisobga olib, uni zudlik bilan evakuatsiya qilishga toʻgʻri kelgan. Shundan soʻng, uning sogʻligʻi tezda yomonlashdi. Linch oʻz filmida abadiylashtirgan yonayotgan va tutunga toʻlgan Malxolland Drayv boʻylab evakuatsiya qilingan.

Devid Linch koʻplab filmlar muallifi boʻlib, ularda inson ongsizligini va Amerika madaniyatini oʻrgangan.

Amerika ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Linch oʻz ishida triller va melodramani neo-noir va qoʻrqinchli janrlar bilan aralashtirgan, masalan, "Koʻk baxmal" va "Malxolland Drayv" filmlarida. "Tvin" seriali orqali esa televideniye sanoatida haqiqiy inqilob yaratgan.

Linch oʻzining 58 yillik faoliyati davomida koʻplab kino mukofotlariga sazovor boʻlgan, 2006 yilda Kannning "Oltin sher" mukofotidan tortib, 2019 yilda "Eng yaxshi yutugʻi uchun Oskar" mukofotigacha sazovor boʻlgan.

Bundan tashqari, u uch marta eng yaxshi rejissyor uchun Oskar mukofotiga nomzod boʻlgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+