platina.uz
Jamiyat

"Toshkentdonmahsulotlari" AJga yangi rais saylandi

Jamol Hoshimxonov avval "Toshkentdonmahsulotlari" AJda moliya masalalari boʻyicha direktor sifatida ishlagan. 

"Toshkentdonmahsulotlari" AJga yangi rais saylandi

Hoshimxonov Jamol Kamolovich "Toshkentdonmahsulotlari" AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari yigʻilishlari bayonnomasida maʼlum qilingan.

Jamol Hoshimxonov avval "Toshkentdonmahsulotlari" AJda moliya masalalari boʻyicha direktor, shuningdek, "Ohangarondon" va "Galla Alteg" AJlarda ishlagan.

Yakunda Hoshimxonov aksiyadorlar tomonidan 100 foiz ovoz bilan lavozimga tasdiqlandi.

Bu vazifada avval ishlab kelgan Kasimov Bahrom Xashimovich oʻz hohishiga koʻra ishdan ketgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid