platina.uz

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ishdan olindi

U hududiga investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va boshqa yoʻnalishlardagi faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan.

Siyosat
16-yanvar, 15:24
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ishdan olindi

Sirdaryo viloyati hokimi prezident yigʻilishida ishdan olindi.

Prezident yigʻilishida ayrim tuman hokimlari investitsiya va eksport masalasini oʻz holiga tashlab qoʻygani qayd etildi.

Oʻtgan yili Beruniy, Qoraoʻzak, Qoʻngʻirot, Peshku, Yangiobod, Qamashi, Xonqa, Shovot tumanlarida investitsiya 15 million dollarga ham yetmadi. Romitan, Dehqonobod, Mirishkor, Chiroqchi, Narpay, Nurobod va Guliston tumanlari, Ohangaron shahrida eksport kamaygan.

Ushbu 16 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan eʼlon qilindi.

Hududida ivestitsiyalarni jalb qilish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va boshqa yoʻnalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildi. U 2022 yildan buyon ushbu lavozimda edi.

Endilikda investitsiya boʻyicha yangi nazorat tizimi boʻlishi belgilandi.

Bunda Bosh vazir bu yilgi 42 milliard dollar xorijiy investitsiya boʻyicha oyma-oy rejani tasdiqlaydi, viloyat, shahar va tuman hokimlari, tarmoq rahbarlari haftada ikki kun investitsiya bilan shugʻullanadi.

Mutasaddilar tinmay hududlarga borishi, tadbirkorlar bilan uchrashishi, masalasini joyida hal qilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+