platina.uz
Iqtisod

"Oʻztransgaz", "Oʻzmetkombinat" va " Oʻzsuvtaʼminot" rahbarlari qattiq ogohlantirildi

Toʻqimachilikda investitsiya rejasi 17 million dollarga kam bajarilgani qayd etilgan. 

"Oʻztransgaz", "Oʻzmetkombinat" va " Oʻzsuvtaʼminot" rahbarlari qattiq ogohlantirildi

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Unda investitsiya masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Yetarli sharoit boʻla turib, investitsiya rejasi toʻqimachilikda 17 million dollarga kam bajarilgani, investitsiya "Oʻztransgaz" va "Oʻzmetkombinat"da 2 barobar," Oʻzsuvtaʼminot"da 20 foizga pasaygani koʻrsatib oʻtildi.

Ushbu tashkilotlar rahbarlari shu yil birinchi chorakda oʻzgarish qilmasa, ularning faoliyatiga baho berilishi haqida qattiq ogohlantirildi.

Ekologiya, Qishloq xoʻjaligi vazirliklari, Davlat aktivlari, Farmatsevtika va Oʻrmon xoʻjaligi agentliklarida grant olib kelish rejasi 25 foizga ham bajarilmagani, Qurilish, Transport, Madaniyat vazirliklari, Turizm qoʻmitasi olib kelgan granti esa 10 million dollardan past boʻlgani tanqid qilindi.

Umuman, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Sogʻliqni saqlash, Transport, Sport, Oliy taʼlim, Madaniyat, Ekologiya, Qishloq xoʻjaligi, Raqamli texnologiyalar, Qurilish vazirliklarining investitsiya va grant olib kelishi bor imkoniyatlarga mutlaqo mos emasligi koʻrsatib oʻtildi.

Salohiyati yuqori boʻlgan Fransiya, Yaponiya, Italiya, Vengriya, Malayziya, Ispaniyadan oʻtgan yili 100 million dollar ham investitsiya kelmagani qayd etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid